«Atletiko» – «Real Madrid» uchrashuvi uchun prognoz
12-mart, chorshanba kuni Madriddagi “Metropolitano Arena”da “Atletiko” va “Real” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi 24/25 1/8 javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O’yin soat 22:00da boshlanadi. 4-mart kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda “Real” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Diego Simeone shogirdlari kamchilikni to’ldirishga harakat qilmoqda. Biroq “Atletiko”da kadrlar muammosi bor: sardor Koke hamon jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda va o‘yinda ishtirok etmaydi, Rodrigo De Pol va Kleman Lenglet esa jarohat tufayli shubha ostida.
Karlo Anchelotti qo’l ostida «Los Blankos» bitta gol ustunligi bilan javob o’yiniga yo’l oldi. Opta tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, «Real Madrid»ning chorak finalga chiqish imkoniyati 72,4%, «Atletiko»ning esa 27,6%.
O’yin koeffitsientlari:
- “Atletiko” g‘alabasi – 2,63;
- durang natijasi – 3,61;
- «Real Madrid» g’alabasi – 2,76.
Jamoalarning hozirgi holati va birinchi uchrashuv natijalarini inobatga oladigan bo’lsak, «Real Madrid» chorak finalga chiqish uchun favorit ko’rinadi. Biroq, «Atletiko» o’zining jangovarligi va kutilmagan hodisalar yaratish qobiliyati bilan mashhur, ayniqsa uyda.
Дата добавления: .