Braga – Real Madrid uchrashuvi uchun prognoz
24-oktabr, seshanba kuni Chempionlar ligasining guruh bosqichi davom etmoqda, 3-tur o‘yinlariga start beriladi va bu turda “Braga” hamda “Real Madrid” jamoalari to‘qnash kelishadi. O’yin Braga shahridagi «Munitsipal» stadionida bo’lib o’tadi va soat 22:00da boshlanadi.
«Braga» ikki turdan keyin 3 ochko bilan turnir jadvalida 2-o’rinda bormoqda. Jamoada 1 mag’lubiyat va 1 g’alaba bor. O’tgan turda «Union Berlin» bilan o’yinda portugallar 3:2 hisobida zafar quchgandi. Jamoaning statistikasi yomon emas, so’nggi o’yin 19 oktyabr kuni Portugaliya kubogi doirasida bo’lib o’tgan va «Braga»ning 2:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlangan.
«Real Madrid» Chempionlar ligasini muvaffaqiyatli boshladi. Jamoa turnir jadvalida 1-o’rinda bormoqda va 6 ochko jamg’argan. O‘tgan turda “Napoli” bilan o‘yinda ispanlar 3:2 hisobida zafar quchgandi. Bu o’yinda «Los Blankos» turnir jadvalida birinchi o’rindagi o’rnini mustahkamlash uchun albatta g’alaba qozonishi kerak va bu ularga qiyin bo’lmaydi.
Braga – Real Madrid o’yini uchun qanday stavkalar taklif qilingan:
- Braga g‘alabasi – 6,33;
- durang – 5,09;
- Real Madrid g’alabasi – 1,51.
Jamoalar bungacha hech qachon to’qnash kelishmagan. Bukmekerlar ushbu o’yinning favoriti sifatida «Real Madrid»ni aniqlashdi. Ispanlar Yevropa giganti va eng kuchli jamoalardan biri sifatida Portugaliyaning “Braga”si bilan o‘yinda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega.
Дата добавления: .